Turkiya hukumati mamlakatning yana bir shahridagi ko‘chani Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ismi bilan atadi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Turkiyada Qozog‘iston prezidenti nomi qo‘yilgan ko‘chalar endi to‘rtta bo‘ldi.
Turkiyaning Adana shahridagi markaziy ko‘chalardan biriga yaqinda Nazarboyev ismini berishdi. Ko‘chaning tantanali ochilish marosimida shahar gubernatori Mustafo Buyuk Nazarboyevni xalqaro ko‘lamdagi taniqli shaxs deb atadi va uni Turkiya asoschisi Mustafo Kemal bilan taqqoslab, ularning mamlakatlarni rivojlantirish strategiyasi o‘xshash ekanligini aytdi.
Turkiyaning Nevshehir, Kirshehir va Gebze shaharlarida ham Qozog‘iston prezidenti sharafiga nomlangan ko‘chalar bor.
Izoh (0)