“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Kengashi kompaniya boshqaruv raisining yangi birinchi o‘rinbosari va “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorini tayinladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Kompaniyaning 2015-yil 22-maydagi qaroriga binoan, Muhiddin Qosimov “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari va “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimlaridan ozod etildi.
Shu kunning o‘zida “O‘zbekenergo” DAK Kengashi Shuhrat Po‘latovni “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari va “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimlariga tayinladi.
Izoh (0)