Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2020-yilgacha Qizil olma konida umumiy qiymati 185 million dollarlik ikkita yerosti koni quriladi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
2015-yilda “Olmaliq metallurg qurilish” tresti Toshkent viloyati hududidagi Qizil olma konida 83 milliard so‘mdan ortiq investitsiya jalb etilishi kutilayotgan “Samarchuk” uchastkasidagi yerosti koni qurilishini davom ettiradi.
2019-yilgacha qurib bitkazilishi kutilayotgan yangi konning quvvati yiliga 100 ming tonna rudani tashkil etadi.
Izoh (0)