Buxoroda “Madad Gazoil Invest” korxonasiga qarashli 33-avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish shoxobchasiga hujum uyushtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Qayd etilishicha, jinoiy guruh vakillari tunda niqoblarda kelib, shoxobchaga hujum qilgan va operatorni do‘pposlagan. Bosqinchilar qancha pul olgani va boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.
“Inson va qonun” nashrining xabariga ko‘ra, tezkor qidiruv chora-tadbirlari tufayli uch kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olingan.
Izoh (0)