Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Sharqiy hamkorlikning Rigadagi sammiti chog‘ida Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashdi. Shundan so‘ng, News.Liga.net’ning qayd etishicha, Poroshenko va Kemeron o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Foto: News.Liga.net

Foto: News.Liga.net

Poroshenko Merkel va Olland bilan Donbassdagi voqealar rivojini muhokama qildi, suhbatdoshlar Minsk kelishuvlarining barcha bandlari, ayniqsa, o‘t ochishni to‘xtatish, og‘ir qurollarni ortga qaytarish va garovdagilarning barchasini ozod qilish kabilar bajarilishi lozimligini ta’kidlashdi.

Qo‘shimcha qilishlaricha, Poroshenko, Merkel va Olland iyun oyida Myunxenda bo‘lib o‘tadigan “Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “harakatlarni muvofiqlashtirib olishgan”.

Kemeron bilan uchrashuv davomida Poroshenko suhbatdoshiga Minsk kelishuvlarining bajarilishi va Donbassdagi so‘nggi hodisalar haqida, xususan, rossiyalik ikki harbiy xizmatchi qo‘lga olingani haqida axborot berdi.

Tomonlar shuningdek Donbassda tinchlikparvar kuchlar missiyasini joylashtirish imkoniyatini ham muhokama qilishdi. Kemeron Ukraina bundan buyon ham Buyuk Britaniya tomonidan ko‘rsatiladigan yordamga umid qilishi mumkinligini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda