Saudiya Arabistoni sharqida joylashgan Imom Ali nomidagi shia masjidida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qurbonlar soni yana ortishi mumkin, chunki masjidda juma namozi uchun 150 ga yaqin odam to‘plangan bo‘lgan. Terakt o‘zini o‘zi portlatish orqali amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining Sharqiy provinsiyasida mamlakatning boshqa hududlaridan farqli ravishda shialar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Izoh (0)