250 nafar rossiyalik desantchilar may oyi oxirida Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadigan Rossiya−Qirg‘iziston qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Mashg‘ulotlarga Ivanovo desant qo‘shinlari birlashmasining 250 nafar harbiy xizmatchisi va 20 birlik harbiy texnika jalb etiladi”, − deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Yaqinda desantchilarning razvedka bo‘linmalari oltita samolyotda Qirg‘iziston hududidagi “Kant” harbiy bazasiga yetkazilgan. Mashg‘ulotlar ikki mamlakat o‘rtasidagi tegishli kelishuvlarga binoan o‘tkaziladi.
Izoh (0)