Kremlda bo‘lib o‘tgan Rossiya hukumati a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedevning qo‘lida Apple Watch aqlli soati taqilgani ko‘rindi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Qayd etilishicha, Medvedevning qo‘lidagi qora rangli soat Apple Watch’ning eng arzon versiyasi — Apple Watch Sport bo‘lib, narxi 349 dollarni tashkil etadi. Rossiyaga bunday qurilmalar hozircha rasman yetkazib berilmasa-da, ularni chet eldan sotib olib kelish ham taqiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Apple Watch aqlli soatlari 24-apreldan sotila boshlagan edi. Bungacha esa qator shou-biznes vakillari, jumladan Keti Perri, Kristi Terlington, Dreyk va Farrell Uilyams kabilar ushbu soatga ega bo‘lib ulgurgan.
Izoh (0)