Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida xususiy tadbirkor sud ijrochilarining ishiga xalal berib, ularga tan jarohati yetkazdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Huquq” gazetasi xabariga ko‘ra, sud ijrochilari tadbirkorning uyiga undan qarzdorlikni undirish uchun borgan. Uyda bo‘lgan uning opasi darhol tadbirkorga qo‘ng‘iroq qilgan. Uyga kelgach, u musodara qilingan va mashinaga yuklangan mulkni zo‘ravonlik bilan qaytarishga harakat qilgan.
Janjal chog‘ida u sud ijrochilaridan birining ko‘kragiga tepgan, ikkinchisiga esa tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, u sud ijrochilarini haqorat qilib, mashina oynasiga tosh otib sindirgan. Qayd etilishicha, ushbu harakatlar uchun tadbirkorga nisbatan tegishli jazo belgilangan.
Izoh (0)