O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shveysariyaning Jeneva shahrida davom etayotgan ATP turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 494 ming 310 yevroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning juftliklar bahsida Istomin belaruslik Aleksandr Buriy bilan birga germaniyalik Andre Begemann hamda avstriyalik Julian Noul tandemini 6:2, 6:4 hisobida taslim etdi.
Bugun Denis Istomin yakkalikdagi ilk davra uchrashuvida ham kortga chiqadi. Qur’a natijasiga ko‘ra o‘zbekistonlik sportchi Yanko Tipsarevichga qarshi kortga chiqadi. O‘z vaqtida dunyoning sakkizinchi raketkasi bo‘lgan serbiyalik tennischi ayni paytda 474-pog‘onadan joy olgan. Istomin esa 66-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)