1977-yildan buyon an’anaviy tarzda 18-may kuni nishonlanib kelinayotgan Xalqaro muzeylar kuni bu yil “Muzeylar va jamiyatning barqaror taraqqiyoti” shiori ostida o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi UzReport.
Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 100 dan ortiq muzey bo‘lib, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi ularning eng mashhurlari hisoblanadi.
Avval xabar berilganidek, 18-mayda Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlab O‘zbekistondagi barcha muzeylarda qator tadbirlar tashkil etilmoqda. “Ochiq eshiklar” kuni tadbirlarida barcha muzeylar keng aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. Yuqorida sanalgan muzeylarda esa “Muzey oqshomi”ga sayohat uyushtiriladi.
Izoh (0)