“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2015-yilda avvalgi to‘purarlik qobiliyatini namoyish eta olmayapti, deb yozadi “Uff.uz”.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda “Real” tarkibida 55 ta gol kiritgan. Bu gollardan 32 tasi 2014-yilda o‘tkazilgan 25 ta o‘yinga to‘g‘ri kelsa, yangi yildan so‘ng 27 uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 23 ta gol kiritgan. Shu tariqa Ronalduning to‘purarlik qobiliyati har bir uchrashuvda o‘rtacha 1,28 ta gol kiritishdan, 0,85 ta golga qadar tushib ketgan.
Shunga qaramay Ronalduning “Real”dagi gollari soni 307 taga etdi va u bu borada Alfredo Di Stefanoga yetib oldi. Shuningdek u Chempionlar ligasida qatorasiga to‘rt mavsum 10 tadan ko‘p gol ura olgan ilk futbolchiga aylandi.
Izoh (0)