21—24-may kunlari ko‘cha sirk san’ati bo‘yicha “Ochiq osmon ostida sirk. Yevropa sirk maktablari mutaxassislari O‘zbekistonda” deb nomlangan hamkorlikdagi loyiha Toshkent, Farg‘ona va Andijonda o‘tkaziladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Loyihada Fransiya va Germaniya artistlari, shuningdek, Toshkent sirki artistlari ishtirok etadi.
21-may kuni 18:00 da Toshkent sirki binosi qarshisidagi maydonchada Sirk.uz katta tomoshasi bo‘lib o‘tadi. 23-may 18:00 da spektakl Farg‘onadagi Qirguli dahasida joylashgan “Kimyogar” madaniyat va istirohat bog‘ida, 24-may 18:00 da Andijondagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida namoyish etiladi. Kirish bepul.
Izoh (0)