Irlandiya politsiyasi shahzoda Charlz va uning rafiqasi malika Kamillaga terakt tayyorlashda gumon qilinayotgan olti kishini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Gumonlanuvchilardan portlovchi moslama va o‘qotar qurol olib qo‘yilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular shahzoda Charlz va malika Kamillaning 19−22-may kunlari Irlandiyaga tashrifi vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan.
Jinoyatchilar qurolni butun mamlakat bo‘ylab bir nechta maxfiy joylarda saqlagan. Qo‘lga olinganlar “Irlandiya Respublikasi armiyasi” tashkiloti bilan yaqin aloqalarda bo‘lgani aytilgan.
Izoh (0)