Uzsungwoo O‘zbekiston−Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi avtomobil tarkibiy qismlarini Braziliyaga yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda, deb yozadi “12news.uz”.
Qayd etilishicha, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi topshirig‘iga binoan korxona o‘tgan yili General Motors do Brasilia LTDA bilan hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazgan va sinov uchun namunalar jo‘natgan.
Mahsulotlar qabul qilingach, tomonlar eksport shartnomasini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Avtomobil tarkibiy qismlarini Braziliyaga bosqichma-bosqich yetkazib berish 2014-yil dekabr oyidan boshlangan edi.
Izoh (0)