Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qandim – Ilk gaz” loyihasi doirasida Buxoro viloyatidagi Shimoliy Shodi uchastkasi va Quvachi−Olot konida ikkita gazni oldindan tayyorlash majmuasidan sinov uchun foydalanishni boshladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Umumiy quvvati yiliga 2,2 milliard kubometrni tashkil qiluvchi qurilmalar 34 ta punktdan tabiiy gazni qabul qilib, tayyorlovdan keyin xomashyoni Muborak gazni qayta ishlash zavodiga jo‘natadi.
“Qandim – Ilk gaz” loyihasini amalga oshirish uchun 170 kilometrlik elektr uzatish liniyasi, 180 kilometrlik o‘rta va yuqori bosimli quvurlar, 237 kilometr optik to‘lqinli aloqa liniyasi, 150 kilometr avtomobil yo‘li va suv havzalari ustidan 7 ta avtomobil ko‘prigi qurilgan.
Izoh (0)