AQShning Nyu-York shahri politsiyasi makarondan hosil bo‘lgan izga qarab uch nafar bosqinchini topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, uch erkak yakshanba kuni bir restoranni o‘margan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya bosqinchilar tashlab ketgan narsalar, jumladan qo‘lqop, bir nechta kassa tangasi va oxirigacha yeyilmagan makaron salatini topgan.
Ofitserlar ovqat qoldiqlaridan hosil bo‘lgan iz restoran yaqinidagi o‘rmonga ketganiga e‘tibor qaratgan. Natijada bosqinchilar qo‘lga tushgan. Ularga o‘g‘rilik, bosqinchilik va talon-taroj qilish ayblari qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bosqinchilar kassadan 29 dollar o‘g‘irlagan.
Izoh (0)