2015-yilning 5−6-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasining Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida navbatdagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Unda ishtirok etish uchun Belarus TIV Shartnoma-huquq bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dmitriy Spressov rahbarligidagi delagatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.
Muzokaralar davomida amaldagi ikki tomonlama bitimlar inventarizatsiya qilindi. Shuningdek, hamkorlikning yuridik bazasini yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)