“Barselona” hujumchisi Lionel Messi kecha oqshom “Bavariya”ga qarshi kechgan uchrashuvda mehmonlar darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgandi, deb yozadi “Olamsport”. “Barselona”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda Messi qandaydir 3-4 daqiqa oralig‘ida dublga erishgan edi.
Bu bilan argentinalik futbolchi Chempionlar Ligasidagi o‘zining 76-chi va 77-gollarini kiritdi. Shu tariqa, Leo yana Chempionlar Ligasi tarixidagi to‘purarlik maqomini qaytarib oldi. Bir kun avval “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 76-golini kiritib, Messidan o‘zib ketgandi. Lionel bir kun ichida yana karvonboshilikni qaytarib oldi.
Izoh (0)