Osiyo Chempionlar ligasi 6-turi doirasidagi 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlangan “Persepolis” – “Bunyodkor” uchrashuvini tomosha qilish uchun “Ozodi” stadioniga roppa-rosa 100 ming muxlis yig‘ildi. Bu haqda “Bunyodkor” matbuot xizmati xabar berdi.
2009-yilgi turning nimchorak finali doirasidagi “Persepolis” – “Bunyodkor” (0:1) uchrashuvini kuzatish uchun 95 225 nafar muxlis bevosita stadionga yig‘ilgan edi va bu ko‘rsatkich OChL tarixida rekord sanalardi.
Biroq yaqindagina ushbu rekord ko‘rsatkich yangilangandi. Aniqrog‘i, OChL−2015 4-turi doirasidagi “Persepolis” – “Al Nasr” (1:0) uchrashuvini kuzatish uchun “Ozodi” stadioniga roppa-rosa yuz ming muxlis tashrif buyurdi. 6-may oqshomida kechgan “Persepolis” – “Bunyodkor” (2:1) uchrashuvini kuzatish uchun ham xuddi shuncha muxlis keldi va bu boradagi rekord ko‘rsatkich takrorlandi.
Izoh (0)