O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qabullar uyida O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida madaniy an’analar va milliy taomlar festivali o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari D. Hakimov barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash Prezident Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida ta’kidladi.
Tadbirda turli mamlakatlar xalqlarining madaniyati, urf-odat va an’analari, milliy liboslari, lazzatli taomlari va shirinliklari, hunarmandlik va amaliy san’at namunalari namoyish etildi. Mehmonlar mumtoz va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslardan bahramand bo‘ldi.
Izoh (0)