O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Fransiyaning Kagnes-car-Mer shahrida start olgan turnirda o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazayotgan edi, deb xabar beradi Olamsport.com.
Nigina mukofot jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil etuvchi musobaqaning ilk davrasida kanadalik Sharon Fichmanga qarshi kortga chiqdi. Sharon asosiy davraga imtiyozli yo‘llanma asosida qo‘yilgan edi. Shunga qaramay, kuchli raqibasini mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. 3:6, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan Abduraimova yakkalikdagi ishtirokini muddatidan avval yakunladi.