Kembridj gersog va gersoginyasining yangi tug‘ilgan qiziga Sharlotta deb ism qo‘yishdi, deya xabar bermoqda “TASS” Kensington saroyi bayonotiga tayanib.
“Gersog va gersoginya o‘z qizlarini Sharlotta Yelizaveta Diana deb nomladi, — deyiladi saroy xabarida — Unga qirollik oliya hazratlari Kembridj malikasi Sharlotta deb murojaat qilish mumkin”.
Kembridj gersog va gersoginyasi o‘z qizlariga Sharlotta Yelizaveta Diana deb ism berish orqali biryo‘la uch kishi — bobosi Charlz, buvisi Diana va hozirgi qirolicha Yelizaveta II hurmatini bajo keltirdi.
Sharlotta — chaqaloqning buvasi Uels shahzodasi Charlz ismining ayollarga xos variantidir. U fransuz tilidan olingan bo‘lib, “latofatli va nazokatli” degan ma’nolarni anglatadi. Undan tashqari bu Keytning tug‘ishgan singlisi Pippa Middltonning ikkinchi ismi hamdir.
Eslatib o‘tamiz, Keyt Middlton 2-may kuni 3,71 kg og‘irlikdagi qiz farzandni dunyoga keltirdi.
Avvalroq Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton qiz ko‘rsa, uni malika Diana sharafiga nomlamoqchi ekanligi xabar berilgan edi.