Qozog‘istonning Chimkent shahrida sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat tennis turnirining juftliklar musobaqasi yakunlandi. Ushbu turnirning finaliga O‘zbekistondan uch nafar tennischi yetib kelgan edi, deb xabar bermoqda Olamsport.com.
Final bahsida birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan o‘zbekistonlik tennischilar – Albina Xabibulina va Polina Merenkova juftligi bosh mukofotni qo‘lga kiritdi. Ular final uchrashuvida O‘zbekistonning yana bir vakilasi Vlada Yakshibarova hamda rossiyalik Darya Lodikova juftligini 6:3, 6:1 hisobida taslim etdi.
Izoh (0)