Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Normand to‘rtligi” rahbarlarining telefon orqali suhbati chog‘ida Donbassga tinchlikparvar kuchlar kiritilishiga rozilik bermagan. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lim qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida haqiqatan ham bu masala ko‘tarilgan, shuningdek ushbu g‘oyani Rossiya hech qachon inkor etmagan. Biroq Minsk kelishuvlari amalga oshirilib, tomonlarning fikri inobatga olinsagina bu masalani muhokama qilishga o‘tish mumkinligini qayd etgan.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning rasmiy sayti “Normand to‘rtligi” rahbarlarining telefon orqali suhbati chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassga tinchlikparvar kuchlar kiritilishiga rozilik berganini ma’lum qilgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?