Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Qoraboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi “Postda” nashri.
Qayd etilishicha, noma’lum kimsa ushbu fuqaroning uyiga kirib, 1 million 700 ming so‘m va 1000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Jabrlanuvchining murojaati asosida ichki ishlar idoralari tomonidan tezkor chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ko‘p o‘tmay, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan shaxs sodir etganligi aniqlandi.
Izoh (0)