Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va tovar aylanishini yaxshilashdan manfaatdor. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyevning Ukraina qishloq xo‘jaligi siyosati va oziq-ovqat vaziri Aleksey Pavlenko bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tildi, deb yozadi UzDaily.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Alisher Abdualiyev Ukraina O‘zbekiston tovar aylanishi tuzilmasida 9-o‘rinni egallashini ta’kidlab o‘tdi. U O‘zbekiston va Ukraina mamlakatlarning geografik joylashuvi va tarixiy an’analarini hisobga olgan holda, samarador hamkorlik uchun katta salohiyatga ega ekanligini qo‘shimcha qildi.

Pavlenko ta’kidlashicha, Ukraina qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish bozorini diversifikatsiya qilish hamda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlik qilishdan manfaatdor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank