Ukriana Oliy Radasi mamlakatning Milliy xavfsizlik kengashiga Rossiyaning alohida shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda “Aziya-Plyus” axborot agentligi. Tegishli hujjat Ukraina parlamenti spikeri Vladimir Groysman tomonidan imzolangan.
35 kishilik ro‘yxatdan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Federal xavfsizlik byurosi rahbari Aleksandr Bortnikov, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, prezident ma’muriyati xodimlari, deputatlar, Federatsiya kengashi a’zolari o‘rin olgan.
Shuningdek, Rossiyaning Voronej viloyati politsiyasi, davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari va tergovchilari, Rossiya Tergov qo‘mitasi markaziy apparati a’zolariga ukrainalik uchuvchi Nadejdo Savchenko ishi bo‘yicha tergovda qatnashganlik uchun sanksiyalar e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)