Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BMT vayronkor zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan Nepalda yirik gumanitar operatsiyani boshlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Pan Gi Mun ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kommersant.ru.

Foto: abcnews.com

Foto: abcnews.com

BMT bosh kotibi o‘zining yozma murojaatida Nepal rahbariyati va zilzila natijasida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

“BMT xalqaro qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini muvofiqlashtirishda Nepal hukumatiga ko‘mak beradi va ayni vaqtda keng miqyosli yordam ko‘rsatishga tayyorlanmoqda”, - dedi Pan Gi Mun.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nepalda 25-aprel, shanba kuni ro‘y bergan 7,4 magnitudali zilzila natijasida qurbonlar bo‘lganlar soni 1,9 ming kishidan oshib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi