Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

25-aprel taxminan soat 8:30—9:00 da Toshkentning Shahrisabz ko‘chasi va Mustaqillik shoh ko‘chasida kulrang Nexia va maxsus bo‘yoq va chiroq-mayoqchaga ega Nexia to‘qnashib ketdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirildi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Guruhga joylangan birinchi rasmda pachoq bo‘lgan kulrang Nexia, pachoq bo‘lgan militsiya mashinasi va uning oldida turgan militsiya Lacetti'sini ko‘rish mumkin. Pachoq bo‘lgan militsiya Nexia'siga 603 bort raqami tushirilgan.

Voqeaga guvoh bo‘lgan Facebook a’zolarining ta’kidlashicha, IIV Nexia'si svetofordan sirenasini yoqib qo‘zg‘algan va to‘qnashish paytida ham sirena yoqilgan bo‘lgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Ikkinchi rasmda pachoq bo‘lgan militsiya mashinasini evakuatorga ortilgan holat tasvirlangan. Evakuator ustida uch kishi bo‘lib, ular Nexia'ni oq matoga o‘rab qo‘yishayotgani aks etgan.

YTH borasida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan