2015-yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha jahon avtomobil bozorida Yaponiyaning Toyota, Germaniyaning Volkswagen va AQShning General Motors kompaniyalari yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Toyota kompaniyasida 2015-yilning daslabki uch oyida 2,5 foizga pasayish kuzatilishiga qaramasdan 2,5 million, Volkswagen 2,49 million, GM 2,42 million dona avtomobil sotgan. 2014-yil yakunlari bo‘yicha Volkswagen Toyota’dan 90 mingta avtomobil ko‘p sotib, birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.
Toyota o‘zining yo‘ltanlamas avtomobillari, RAV4 va Lexus NX bilan AQSh bozorida yetakchilik qilgan bo‘lsa, Volkswagen arzon yo‘ltanlamas avtomobillari bilan Xitoy bozorida odimlamoqda.
Izoh (0)