Checheniston rahbari Ramzan Qodirov maxsus xizmatlar xodimlariga respublika rahbariyati bilan kelishilmay o‘tkaziladigan maxsus operatsiyalarning ishtirokchilariga qarata o‘t ochishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda “RBK”.
Grozniyda Stavropol politsiyasi va birlashgan guruh tomonidan o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida federal qidiruvda bo‘lgan Jambulat Dadayev o‘ldirilgach chaqirilgan respublikaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari yig‘ilishida Qodirov shunday bayonot bergan.
“Bizning hududimizda bunaqasi ketmaydi. Chechenistonda qonun ustuvor ekanligini hamma bilishi lozim. Men sizlarga rasman ma’lum qilamanki, agar hududingizda sizning xabaringiz bo‘lmasdan moskvalikmi, stavropollikmi, kimligining ahamiyati yo‘q, paydo bo‘lsa, o‘t ochishingiz mumkin
Biz oddiygina Ingushetiya hududiga o‘tib, ekstremistlarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazish huquqiga ega emasmiz. Biz Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasini buning uchun, bizni o‘ldirishlari uchun qabul qilmaganmiz”, — dedi Qodirov.
Izoh (0)