Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya shahzodasi Alvalid bin Talal qirollikning Yamanga aviahujumlarda ishtirok etgan har bir uchuvchisiga bittadan yangi Bentley sovg‘a qilishga va’da berdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Press TV telekanali xabariga ko‘ra, milliarder Saudiya Arabistoni harbiy havo kuchlarining so‘nggi bombardimonlari ishtirokchilariga jami yuzta avtomobil hadya etishga tayyor.

“Dono yetakchilarimizni ‘Jasorat bo‘roni’ operatsiyasidagi g‘alaba va ‘Umidning tiklanishi’ operatsiyasi boshlangani bilan tabriklayman. Minnatdorlik sifatida operatsiyada ishtirok etgan yuz nafar uchuvchiga yuzta Bentley avtomobilini hadya qilaman”, — dedi shahzoda.

Bin Talal qirollikdagi eng yirik kompaniya Kingdom Holdings’ning egasidir. Bundan tashqari, unga Apple, Twitter Inc., Time Warner va Citigroup aksiyalari paketlari tegishli. Uning davlati 23 milliard dollarga baholanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda