Indoneziya prezidenti Joko Vidodo jahon iqtisodiyoti va hukmronlikdagi disbalansni bartaraf etish uchun BMT va xalqaro moliya institutlarini isloh qilishga da’vat etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz, Osiyo va Afrika mamlakatlari barcha xalqlar uchun adolatni birinchi o‘ringa qo‘yuvchi xalqaro organ sifatida optimal ravishda faoliyat yuritishi uchun BMT isloh etilishini talab qilamiz. Fikrimcha, global disbalans bora-bora nosog‘lomroq bo‘lib bormoqda”, — dedi Indoneziya prezidenti Osiyo-Afrika sammiti ochilishida.
Izoh (0)