Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uelsda og‘ir kasallik bilan tug‘ilgan Teddi Xoulston atigi 100 daqiqa yashagan bo‘lsa-da, bir inson hayotini saqlab qoldi. Nur.kz’ning xabar berishicha, uning buyragi Lidsda istiqomat qiluvchi bemorga ko‘chirib o‘tqazilgan.

Foto: Nur.kz

Foto: Nur.kz

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi – Jess Evans egizaklarga homilador bo‘lgan, biroq tug‘uruqqa oz qolganida egizaklardan biri og‘ir kasallik bilan tug‘ilishi va tezda vafot etishi ma’lum bo‘lgan.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib bolaning ota-onasi taqdirning bu sinovga ko‘nib, Teddining buyragini unga muxtoj bo‘lgan odamga ko‘chirib o‘tqazishlariga rozi bo‘lgan.

Kardiff universiteti gospitali shifokorlari mitti Teddining yuragi urushdan to‘xtaganidan uch daqiqa o‘tib, buyrakni ko‘chirib o‘tqazish bo‘yicha juda murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

Teddi qutqarib qolgan erkakning ismi sir saqlanmoqda. Onasining qo‘lini mahkam siqib olgan va vafot etayotgan chaqaloqning dahshatli suratlari kuni kecha internet tarmog‘ida tarqalib ketdi, vaholanki, bu hodisa bir yil avval sodir bo‘lgan.

Jurnalistlar chaqaloqning oilasi va uning omon qolgan akasi – Noaning suratlarini ham chop etishmoqda. Bolakay o‘zini yaxshi his qilmoqda, ota-onasi esa baxtiyor. Chaqaloqning buyragi o‘tkazilgan erkak ham o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi