Rossiyaning “Novgorodskiye vedomosti” nashri bosh muharriri Gennadiy Ryavkin Stalingraddagi Pavlov uyining so‘nggi himoyachisi Kamoljon Turg‘unov vafot etgani haqida birorta davlat telekanali lom-mim demagani haqida maqola yozdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”. Maqola gazeta saytida e’lon qilingan.
Eslatib o‘tish joiz, 2015-yil 16-mart kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Bordimqul qishlog‘ida Stalingraddagi Pavlov uyining so‘nggi himoyachisi Kamoljon Turg‘unov 93 yoshida vafot etgan edi.
“Turg‘unovning vafoti haqida birorta federal telekanal xabar ham bergani yo‘q. Faqatgina Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Turg‘unovning oila a’zolariga ta’ziya izhor qilganini aytmasa, bu shunchaki e’tiborsiz qoldirildi”, − deyiladi maqolada.
Izoh (0)