Polsha AQShdan Patriot zenit raketa majmualarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Polsha prezidenti Bronislav Komarovskiy AQSh bilan ko‘p milliardli ushbu bitimni yakunlash uchun muzokaralar olib borishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Polsha Qurolli kuchlarini texnik modernizatsiya qilish va barqarorligini ta’minlash, samarador qilish uchun raketaga qarshi mudofaa qalqoni ustuvor bo‘lishi lozim”, — dedi Komarovskiy. Patriot tizimi samolyotlar va raketalardan himoya uchun mo‘ljallangan.
Polsha mudofaa vaziri o‘rinbosari Cheslav Mrochekning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘p yillar ichidagi eng qimmat shartnomalardan biri bo‘ladi. Hozircha aniq qiymat ma’lum qilinmagan, biroq u 7 milliard dollar deb taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Polsha bilan chegaradosh bo‘lgan Kaliningrad viloyatiga “Iskander” raketalarini joylashtirgan edi.
Izoh (0)