Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Airplane Spotters Around the World guruhiga Toshkent aeroporti CIP zali avtobusi samolyot bilan to‘qnashgan paytining surati joylashtirildi.

Foto: Facebook /  Airplane Spotters Around the World

Foto: Facebook / Airplane Spotters Around the World

Foto: Facebook /  Airplane Spotters Around the World

Foto: Facebook / Airplane Spotters Around the World

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Samolyotning rasmga olingan qismi — dvigateli rangi havorang bo‘lib, unga “O‘zbekiston havo yo‘llari” logotipi tushirilgan. Suratga olish joyi e’tiborga olinsa, suratchi avtobus bilan to‘qnashgan samolyot ichida ekanligini anglash mumkin.

Avtobus kuchli talafot ko‘rmagan bo‘lib, faqatgina uning old oynasi qattiq darz ketgan.

Samolyotda necha kishi bo‘lgani, u qanday qilib avtobus bilan to‘qnashgani, voqea qachon sodir bo‘lgani yoki jarohat olganlar haqida ma’lumot berilmagan.