Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r birinchi davra bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqaning asosiy to‘rida O‘zbekistondan 7 nafar tennischi ishtirok etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Albina Xabibulina ilk davrada belaruslik Viktoriya Munga qarshi kortga chiqdi va raqibasini 6:3, 6:2 hisobida taslim etdi.
Endi Albina chorak final yo‘lida turnirning ikkinchi raketkasi qozog‘istonlik Kamila Kerimbayeva bilan hisob-kitob qiladi. Kerimbayeva birinchi bosqichda rossiyalik Aleksandra Pospelovadan ustun keldi.
Izoh (0)