Tunda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Qodirov ko‘chasida o‘zaro gap talashib turgan ikki kishi shu hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar idoralari xodimlarining e’tiborini tortdi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu tumanda istiqomat qiluvchi shaxs mast holda bir fuqaroga tan jarohati yetkazib, pichoq bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilayotgan bo‘lgan. Ichki ishlar idoralari xodimlarini ko‘rib, qochishga uringan shaxs tezda qo‘lga olindi.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)