14−19-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Tashkent Open 2015 xalqaro bouling turnirida g‘oliblik ukrainalik Mixaylo Kalikaga nasib etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Finalda Kalika rossiyalik Aleksey Parshukovdan ustun keldi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda esa yana bir rossiyalik sportchi Yan Korshak Belarus vakili Pavel Sobolevni mag‘lubiyatga uchratdi.
Eng yaxshi natija uchun sovrin musobaqa davomida mukammal geym (300 ochko) ko‘rsatgan yagona ishtirochi bo‘lmish rossiyalik Nadejda Korablinovaga topshirildi. O‘zbekiston vakillaridan Baxtiyor Dalaboyev sakkizinchi, Olim Muxtorov to‘qqizinchi, Bekzod To‘xtaniyozov o‘n ikkinchi o‘rinlarni egalladi.
Izoh (0)