ITE Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi 2015-yilning 10−12-iyun kunlari “O‘zbekiston infratuzilmasi – Farg‘ona vodiysi 2015” xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ko‘rgazma mavzulari orasida oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, tikuv ishlab chiqarishi uchun uskunalar, qurilish materiallari va qurilish asbob-uskunalari, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash, energetika – muqobil energiya manbalari kabilar bor.
Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimiyati, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining rasmiy qo‘llab-quvvatlashi asosida o‘tkaziladi.
Izoh (0)