“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Chelsi”ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“‘Manchester Yunayted’ haqiqiy jamoaga aylanib bormoqda. O‘yinimizda barqarorlik yuzaga kelyapti. Endilikda ana shunday o‘yinni 90 daqiqa davomida ko‘rsatishga intilishimiz kerak. Biz alohida futbolchilarning mahorati tufayli emas, balki jamoaviy o‘yin evaziga natijaga erishyapmiz.
Bu juda ham muhim. ‘Chelsi’ bilan solishtirganda, futbolchilarning bo‘yi borasida ular bizdan ustun. Har qanday basketbol murabbiyi 1-2 santimetr ham katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Futbolda ham bo‘y muhim. Chunki gollarning uchdan biri bosh bilan uriladi”, – dedi Van Gal.
Izoh (0)