Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Solih davom etayotgan qurolli mojarolarga qaramay mamlakatni tark etmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Arxiv. Foto: Reuters

Arxiv. Foto: Reuters

“Men o‘ziga uy izlash uchun Jidda, Parij yoki Yevropaga ketadiganlardan emasman. Mening mamlakatim — mening Vatanim. Ali Abdulloh Solihga ‘o‘z mamlakatingdan chiqib ket’ deydigan kishi hali tug‘ilmagan, tug‘ilmaydi ham”, − deb yozgan Solih o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Avvalroq, Al Arabiya telekanali Ali Abdulloh Solih Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan uning Yamandan chiqib ketishida xavfsizlikni ta’minlashni so‘raganini ma’lum qilgan. Solih ham xusiylar yetakchilari singari AQSh va BMTning sanksiyalar ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi 26-mart kuni Yamanda xusiy qo‘zg‘olonchilariga qarshi havo operatsiyasini boshlagan edi. Operatsiyadan maqsad — xusiylar va Solihning boshqa tarafdorlaridan Yaman prezidenti Abd Rabbo Hodiyga mamlakat ustidan nazoratni qaytarib olib berish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi