Jizzax maxsus industrial zonasida Auto pad systems mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston — Xitoy qo‘shma korxonasi ish boshladi. Korxona yengil va yuk avtomashinalari uchun tormoz kolodkalari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Qo‘shma korxona rahbari Sh. G‘ulomovning aytishicha, har oyda yengil avtomobillar uchun 30 mingta, yuk mashinalari uchun esa 20 tonna kolodka yetkazib beriladi. Bundan tashqari, burg‘ulash texnikalari va tog‘-kon metallurgiyasi sohasida qo‘llanilayotgan ulkan yuk mashinalari, avtobus, shuningdek, poyezd va metropoliten vagonlari uchun ham kolodkalar tayyorlash imkoniyati mavjud.
Auto pad systems mahsulotlari Golden brendi ostida iste’mol bozoriga chiqarilmoqda. Zamonaviy jihozlangan korxonada ayni paytda 50 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan.
Izoh (0)