Samsung Electronics kompaniyasi NVIDIA’dan 14 nanometrli texnologiyalar bo‘yicha tayyorlanadigan yangi grafik protsessorlar uchun buyurtma oldi, deb xabar bermoqda “3DNews.ru”.
Shartnoma qiymati “bir necha million dollar” deb baholangan bo‘lib, bu Samsung’ning Apple, Sony va Qualcomm bilan moliyaviy kelishuvlaridan bir necha marta kam. Buyurtmalarning bir qismini Samsung’ning sherigi Globalfoundries qabul qilgan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, chiplar bozorida yangi buyurtmachilarni izlayotgan Samsung NVIDIA bilan shartnoma tuzish uchun to‘g‘ri vaqtni tanlagan. Ushbu shartnoma biznesda do‘stlar ham, dushmanlar ham bo‘lmasligini yana bir bor tasdiqlashi ta’kidlangan.
Izoh (0)