Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Indoneziyalik yetti yoshli Dihan Avalidan bir kunda chekadigan sigaretlari sonini 16 donagacha kamaytirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, ularning farzandi avvallari bir kunda 60 donagacha sigaret cheka olardi.

Dihanning oilasi farzandining kashandaligiga qarshi kurashish harakatida, biroq bola maktabda bo‘lgan vaqtda – u do‘stlari bilan birga sigaret chekishini nazorat qilib bo‘lmayapti.

Qayd etishlaricha, bolaning otasi ham, onasi ham hozirgi kunga qadar sigaret chekish odatini tashlagan emas.

“Agar Dihan chekmasa, yig‘lashga tushadi. Hozir u yashirincha, uy yonidagi guruch dalasiga chiqib chekmoqda”, - dedi Dihanning 32 yoshli onasi Tati.

Bolalar kashandaligiga qarshi Campaign for Tobacco-Free Kids tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziya 10 yoshgacha bo‘lgan chekuvchi bolalar soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar