19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionati saralash bosqichi o‘tkaziladigan sanalar o‘zgardi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Avvaliga ushbu saralash o‘yinlari 2−10-oktabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo keyinroq OFKning yosh futbolchilar o‘rtasidagi musobaqalar tashkiliy qo‘mitasi belgilangan vaqt FIFA rasmiy o‘yinlari o‘tkaziladigan kunlar bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qolayotganini hisobga olib, saralash o‘yinlarini boshqa sanalarga ko‘chirish haqida qaror qildi.Demak, o‘zgarishlardan so‘ng Osiyo Chempionati−2016 U-19 saralashi 28-senyabr − 6-oktabr kunlari davomida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)