O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov JCh-2018 va OK-2019 musobaqalari uchun o‘tkaziladigan saralash bahslari qur’a tashlash marosimida ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Manbada Mirjalol Qosimovning marosimga bormasligi sababi haqida ma’lumot berilmagan.
Ushbu marosimda O‘zbekiston futbol federatsiyasidan faqat xalqaro bo‘lim mutaxassisi Sherzod Egamberdiyev ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimi Malayziya poytaxti – Kuala-Lumpur shahrida 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)