Turkiya prokuraturasi Fransiyaning Charlie Hebdo gazetasi karikaturalarini chop etgan Cumhuriyet gazetasining ikki nafar jurnalistiga nisbatan ayblov e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Gazetada chop etilgan karikaturalar ommaviy tarzda diniy qadriyatlarni oyoqosti qiladi”, − deyiladi prokuratura bayonotida. Ayblov xulosasiga ko‘ra, jurnalistlarni 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish talab qilingan.
Qayd etilishicha, Cumhuriyet gazetasi 2015-yil 7-yanvar kuni Parijda bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin Charlie Hebdo gazetasi karikaturalarini qayta chop etgan Turkiyaning beshta nashridan biri bo‘lgan.
Izoh (0)